Murojaatnoma xalqimiz hayotini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi

20.12.2022, 15:41

Murojaatnoma xalqimiz hayotini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida  ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan Davlatimiz rahbarining “Kelasi o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi. Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik. Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi” degan fikrlaridan juda ruhlandim.

Shu bois endilikda har birimiz yoshlarimizning ilm-ma’rifatli bo‘lishi uchun o‘z ishimizga katta mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak. Bunda bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilish, yoshlarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur. Chunki bugun nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Shu sababli yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim dasturlari va o‘qitish uslublarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish ham kun tartibidagi asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Murojaatnomada siyosiy partiyalar oldiga ham aniq va maqsadli vazifalar qo‘yildi.  Bu esa o‘z navbatida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar kelgusi yillarda ham bosh maqsad bo‘lib qolishligiga alohida e’tibor va ahamiyat talab etadi.

Xurshidaxon Xalilova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    209
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+