Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimi asosan ta’limga bog‘liq
20.12.2022, 16:56

Bugungi kunda ta’lim tizimini bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda isloh etish davr talabiga aylandi. Ma’lumki, ta’lim tizimi mamlakatlarning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Olib borilayotgan barcha islohotlarning pirovard natijasi, o‘sha davlatning ta’lim tizimini rivojlantirishga va uni takomillashtirib borishga berilayotgan ahamiyat bilan belgilanadi. Chunki barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ma’lum ma’noda ta’lim sohasiga ham tegishlidir.
Erkin jamiyatda har bir inson o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Ta’lim esa insondagi tug‘ma iste’dod nishonalarini, bilim va malakalarni rivojlantirishda eng muhim omil hisoblanadi.
Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko‘pchiligining yechimi ta’limga bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlangan davlatlardagi kabi O’zbekistonda ham ta’limning ahamiyatini anglagan holda aholining turli yoshdagi qatlamlarini bilim olishga undovchi mexanizmlar yo‘lga qo‘yilgan.
Iste’dodli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishni yo‘lga qo‘yish, hatto, xorijdan yetuk olimlar, malakali kadrlarni mamlakatimiz yoshlariga ta’lim berish uchun olib kelinishi ham ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibordan darak beradi.
Ta’limning sifatli bo‘lishidan jamiyat manfaatdor ekan, bu ishni amalga oshirish nafaqat davlat, balki jamiyatning barcha a’zolariga taaluqli bo‘lishi kerak.
Avvalo, ta’lim oluvchilar mavjud sharoitlardan to‘laqonli foydalanishlari lozim.
Shu bois ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023 yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi. Bu esa kelgusi yillarda ta’lim sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilishidan darak beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jamshid Jalolov,
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
bo‘lim mudiri.
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring