“Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”

20.12.2022, 19:31

“Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”

Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyevning parlamentga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2023 yilning asosiy ko‘rsatkichlari, oldinga qo‘yilgan ustuvor  vazifalar alohida ta’kidlandi. Yurtboshimiz kelgusi 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”  deb nom berishni taklif qildilar. Darhaqiqat, yangi O’zbekistonning barqaror rivojlanishi, bilimdon va iqtidorli yoshlarga bog‘liq. Davlatimiz rahbari  yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi». Kelgusi yilda yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Maktablarda xorij tili, kompyuter saboqlari, kasb-hunar egallashlari uchun g‘amxo‘rlik kuchaytiriladi. 70 ta yangi maktab qurilib, 460 tasi kengaytirilgan holda ikki smenali o‘qish tizimiga butunlay barham beriladi.

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarning «obro‘i joyiga qo‘yilsa», maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliygohlarda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirilsa, «butun harakatlarimiz ikki-uch karra o‘zgarishi»ni aytib o‘tdi. «Yutuqlar bizniki bo‘ladi, faqat bilim kerak. Bilim kerak, nimaga desangiz, har birimiz orqamizga qarab, qanday buyuk ajdodlarning farzandi ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi prezident.  - Aholimiz bizdan maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifati oshirish; mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilish; ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni; adolat ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya, eng asosiysi, korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda. Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart».   Kelayotgan yil anchagina og‘ir bo‘lishini, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ko‘p narsani, jumladan, dunyoqarashni ham o‘zgartirish zarurligini ta’kidladilar.

Yangilanayotgan O’zbekistonimizni yanada gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi, yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lidagi ustuvor vazifalarni bajarishda partiyamizdan saylangan deputatlar hamda barcha maslakdoshlarimiz hamjihatlik bilan mehnat qiladilar deb ishonaman. 

 Arziqul SHEROV,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    795
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+