Murojaatnoma: kelajak uchun javobgarmiz

22.12.2022, 11:08

Murojaatnoma: kelajak uchun javobgarmiz

Barchamiz kuni kecha davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan tarixiy murojaatnomasini katta qiziqish va hayajon bilan tingladik.

Murojaatnomaning tarixiy ahamiyati shundaki, unda eng katta urg‘u mamlakat ertasi bo‘lgan yoshlarga juda katta e’tibor qaratildi. Moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan juda katta vazifalar belgilandi. Zero zamonaviy bilim va salohiyatga ega bo‘lgan yoshlar har qanday mamlakatning taraqqiyotini belgilab berishi bugungi kun haqiqatidir.

Misol uchun, davlatimiz rahbari o‘z nutqida ictiqbolli kadrlar masalasi, ishga qabul qilishning onlayn tizimi takomillashtirilishi yuzasidan, yoshlar ongida ona yurtga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish, avvalo fuqarolar ongida shukronalik hissini kamol toptirish lozimligiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, boy tariximizni asrab-avaylash, jadid bobolarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy merosni o‘rganish va bunda qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida muhim takliflar o‘rtaga tashlandi.

Albatta, men ham ushbu hayotiy dolzarb takliflarni qo‘llab-quvvatlayman. O’z navbatida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da o‘zim ta’lim olayotgan O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mukammal bilim olishga va Vatanimizning nurli istiqboli yo‘lida malakali kadr bo‘lib yetishishga astoydil harakat qilaman.

Xurshedjon Hasanov,

O'zLiDeP "Yoshlar qanoti" faoli,

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

  • Ko'rildi
    383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+