Yelkamizdagi mas’uliyat yanada ortdi

23.12.2022, 14:05

Yelkamizdagi mas’uliyat yanada ortdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatimizda tadbirkorlik rivoji yo‘lida yanada katta imkoniyatlar yaratilishiga zamin hozirladi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Darhaqiqat, tadbirkorlik, investitsiya iqtisodiyotimizning rivojlanishi uchun ulkan turtki ekanini hisobga olsak, bu borada zamonaviy korxonalar ochilishi, tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berilishi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi ta’minlanishiga katta hissa qo‘shiladi. Bu esa ijtimoiy sohani, ya’ni sog‘liqni saqlash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni, ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasining tubdan yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Eng avvalo, tadbirkorlik faoliyati har qanday jamiyatning taraqqiyotini ta’minlovchi lokomotivi ekanini ta’kidlash zarur. Mamlakatimizda erkin bozor faoliyati uchun yaratilayotgan sharoit xorijiy ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ishonchli sheriklar tanlash, xorijiy investorlar hamkorligida korxonalar ochishni, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida ishlarni faollashtirish zarur. Ayniqsa, bu borada joylarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi va uning barcha deputatlariga ham nihoyatda ulkan mas’uliyat yuklaydi. Toshkent shahrida bu ishlarning ijrosini ta’minlashda hamda joylardagi katta-kichik muammolarni hal etishda partiyamiz, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari va tuman kengashlariga saylangan partiya deputatlik guruhlariga tayanadi. Deputatlarimiz qanchalik mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va jonkuyar bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz.

Ravshan FAZILOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati

  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+