Farovonlik va taraqqiyotga eltuvchi hujjat

23.12.2022, 15:57

Farovonlik va taraqqiyotga eltuvchi hujjat

Hech shubhasiz aytish mumkinki, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi jonajon Vatanimiz taqdiri haqida qayg‘urib, ming marta mushohada qilib ko‘rilgan, barcha sohalarni keng miqyosda qamrab olgan va mamlakatimizni taraqqiyotga yetaklovchi muhim dasturilamal bo‘ldi.

Murojaatnomada Prezidentimiz suv xo‘jaligi sohasiga alohida e’tibor qaratgani meni nihoyatda to‘lqinlantirdi. Bu bir tomondan suv xo‘jaligi sohasi davlat uchun, xalq uchun qanchalik muhimligi anglatsa, ikkinchi tomondan suvchilarni yuksak e’tiborni his etgan holda o‘z vazifalarini to‘liq va sifatli bajarishga, bildirilgan ishonchni oqlashga undaydi.

Ushbu hujjatda suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham o‘ylashimiz kerakligiga alohida urg‘u berilganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.

Haqiqatan ham, suv tanqisligi yildan yilga sezilarli darajada ortib borayotgan bo‘lib, bu haqda ko‘p bong uryapmiz. Suvni tejash, uning hisobini aniq yuritish, samarali boshqarish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bundan olti yil oldin keng ko‘lamda boshlangan islohotlar bugun amalda o‘z natijalarini beryapti

So‘nggi yillarda suv xo‘jaligi ob’ektlarida 11 554 ta zamonaviy raqamli texnologiya, jumladan, 5 736 ta “Aqlli suv” uskunasi, meliorativ kuzatuv qudug‘ida yer osti sizot suvlari sathini kuzatish imkonini beruvchi 4 452 ta va nasos stansiyalarida suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi 1 335 ta qurilma o‘rnatildi hamda 31 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektining boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirildi. Bugungi kunga qadar 940 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy qilish maqsadida 157 ta loyiha yuzasidan xususiy sherik lar bilan bitimlar imzolandi hamda 214 km irrigatsiya va 539 km melioratsiya tarmog‘i, 126 ta nasos stansiyasi va 132 ta quduq xususiy sektor boshqaruviga berildi.

Biz sohada bajarilgan ishlarga oid raqamlarni yana davom ettirishimiz mumkin. Ammo, shu o‘rinda ta’kidlashni istardimki, Murojaatnomada ekologiya, ayniqsa, suv masalasi 2023 yildagi ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgani marranii yanada baland olib, ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqishimiz lozimligini anglatdi.

Shavkat HAMRAYEV,

O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+