Energiya resurslarini qadriga yetishimiz lozim

23.12.2022, 16:35

Energiya resurslarini qadriga yetishimiz lozim

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilning 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasida energiya samaradorligi, resurslarni tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish yuzasidan jamiyatimiz xayoti uchun o‘ta muhim tashabbuslar bildirildi.

Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda boshqa davlatlarga nisbatan energiya resurslari narxlarining arzonligi, ko‘p energiya iste’mol qiluvchi elektr va gaz jihozlarini energo tejamkoriga yangilash yuzasidan yangi madaniyat shakllanmaganligi sababli, bu borada samaradorlik haqiqatdan ham qoniqarli emas.

Davlatimiz tomonidan energiya manbalarini ko‘paytirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilyapti, biroq, aholi va ulgurji iste’molchilar ham tejash va samarali foydalanish orqali bu harakatga qo‘shilishi lozim.

Energiya ta’minoti sohasida taraflar yo‘q deb o‘ylayman, yutuq ham o‘zimizniki, muammo ham o‘zimizniki, “o‘z boshimizga tushgan qorni o‘zimiz kuraymiz”. Zero, shunday ekan, energiya samaradorligi, resurslarni tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalasini umummilliy harakatga aylantirish kerak.

Bu yo‘nalishda Milliy dasturning qabul qilinishi Yangi O’zbekistonda energiya resurslariga bo‘lgan munosabatlarni keskin o‘zgartiradi, kelajak avlodga barqaror energiya manbalari yetkazilishiga asos bo‘lishi bilan birga, ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini beradi.

Ushbu harakatga senatorlar, deputatlar, shu jumladan mahalliy kengashlar deputatlari “yalovbardor” bo‘lishi, asosiy targ‘ibotchi va jamoatchilik nazoratini ta’minlovchisi bo‘lishi lozim.

Baxtiyor Ruxiddinov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

bo‘lim mudiri

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+