Murojaatnoma mazmun-mohiyati targ‘ibot qilinmoqda

26.12.2022, 16:42

Murojaatnoma mazmun-mohiyati targ‘ibot qilinmoqda

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan  Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni xalqimizga yanada kengroq yetkazishga doir targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

To‘rtko‘l tumanida tashkil qilingan davra suhbatida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tuman kengashi deputatlari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar ishtirok etdi.  

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Murojaatnomada erishilgan natijalar, kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritilib, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sud tizimidagi masalalar ochiq-oydin bayon qilingani, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgani qayd etildi.

Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi fermerlar va tomorqa yer egalari “Ilg‘or fermer” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

A.Xaitov joylarda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tumandagi "Paxtachi" OFY hududidagi "To‘rtko‘l Kunjut" MChJ faoliyati bilan tanishdi. Hozirda korxona tomonidan tashkil etilgan issiqxonada pomidor mahsulotlari yetishtirilib, qadoqlangan mahsulotlar eksportga chiqarilmoqda.

Partiya yetakchisi "To‘rtko‘l Kunjut" MChJ tomonidan tashkil qilingan kunjutni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib,  mahsulotni qayta ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+