Eng olis hududda istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

26.12.2022, 17:59

Eng olis hududda istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Bugun yurtimiz tibbiyotidagi ijobiy o‘zgarish va yangilanishlarni mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘z hayotida, turmush tarzida chuqur his etmoqda. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham bu borada qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ularni ijro etishda O’zLiDeP faollari ham o‘z hissasini qo‘shishmoqda. Bu gal partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi «Ayollar qanoti» guruhi vakillari hamda Termiz shahar Kengashi deputati Baxtiyor Abrayev «Guliston» mahallasi fuqarolari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etishdi.

«Sog‘lom oila – mustahkam oila» loyihasi doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda Guliston mahallasidagi “Temir daftar” da turadigan 100 nafar fuqaro va “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turadigan 171 nafar xotin-qizlarning barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Asosan okulist, nevrolog, terapevt, stomatolog, ginekolog va  lor shifokorlari o‘zlarining ko‘chma UZI va EKG apparatlari bilan aholiga beminnat xizmat ko‘rsatishdi.

Tadbir davomida deputat Baxtiyor Abrayev boshchiligida shu mahallaning “Fidokor” ko‘chasi 18-uy 1-xonadonida istiqomat qiluvchi nogiron opa-singillar “Temir daftar” da ro‘yxatda turadigan Karomat Raximova va  “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turadigan Gavhar Raximovalarning holidan xabar olindi. Ular shu joyning o‘zida shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib bepul dori vositalari berildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+