Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi

26.12.2022, 18:17

Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi

Xalq deputatlari Gurlan  tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining Taraqqiyot strategiyasida belgilangan mamlakatimizning investitsiya muhitini yanada yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Gurlan tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi bo‘yicha o‘rinbosari R.Raxmatullayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, tumanda 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturilarini tuman hokimligi, tijorat banklari, tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar manzilli dasturi ishlab chiqildi. 

O’tgan yilgi dastur doirasida shakllantirilgan yildan-yilga o‘tuvchi loyihalar bilan birga 2022 yilda jami hisobda qiymati 228,3 mlrd. so‘mlik 53 ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yangidan 650 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanida jami 33 ta loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, loyihalar doirasida 281 ta ish o‘rinlari yaratildi.  Gurlan tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan ham qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanimizda 6,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi 2 ta  loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan, 2022 yilda 6,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan yanvar oyida 1,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan, amalda
1 dekabr holatiga 10 000 ming. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri horijiy investitsiya kiritildi.

Yig‘ilish davomida R.Raxmatullayevga aholini qiziqtirgan va qiynayotgan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

 

  • Ko'rildi
    191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+