Tadbirkorlarga soliq imtiyozlari yaratilmoqda
28.12.2022, 15:45

Murojaatnomada davlatimiz rahbari iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Endilikda, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Shuningdek, kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Bu esa hududlar iqtisodiyotining baraqaror rivojlanishiga, iqtisodiy potensialni oshirishga, aholining farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlat o‘z vazifasini to‘liq bajarib kelayotganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Boshida qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushurildi, QQS zanjiri yaratilib, endi esa 1 yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi korxonalarga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, qo‘shilgan qiymat ulushini oshirish va tez o‘sib borayotgan soliq yuki shaklida katta xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikda yordam beradi.
Shu bilan bir qatorda tadbirkorlar tejalgan mablag‘lar hisobidan o‘z qo‘shimcha tarmoqlarni yo‘lga qo‘yishi, ishchi xodimlarining maoshini oshirishga, mahsulotlarning sifatini oshirish bilan bir qatorda narxlar barqarorligini ushlab turishga olib keladi.
Bundan tashqari tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan ushbu imtiyozlar va yengilliklar “yashirin iqtisodiyot”ni oldini olish va unga barham berishga xizmat qiladi. Ya’ni ro‘yxatdan o‘tmasdan, davlatga soliq to‘lamasdan faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarimiz ushbu imtiyozlardan so‘ng xufyona ish qilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda o‘z faoliyatini olib boradi, bu esa soliqlar tushumi ortishiga, budjetimiz ortishiga, iqtisodiyotimiz yuksalishiga, aholimiz farovonligi ta’minlanishiga, ish-haqlarimiz, pensiya, qo‘yingki ijtimoiy sohadagi islohotlarimizga ajratiladigan mablag‘lar ortishiga zamin yaratadi.
Dilfuza Abdusattorova,
O’zLiDeP Sardoba tuman kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Endi mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham qo‘shilib, “mahalla yettiligi” bo‘ladi
27.09.2023, 09:57
-
Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar
26.09.2023, 09:51
-
Tibbiyotni 100 foiz raqamlashtirish bizga nima beradi?
25.09.2023, 16:30
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:26
-
“O’zbekiston – 2030” strategiyasi – yurtimizda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojini ta’minlovchi muhim hujjat bo‘ldi
22.09.2023, 15:23
Fikringizni qoldiring