Ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi

28.12.2022, 15:58

Ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi

Til – millat madaniyatini ko‘rsatuvchi ko‘zgu hisoblanadi. Chunki, har bir millatning madaniyati, tarixi, san’ati, qadriyatlar va ro‘yxati ona tilida mujassamlashgan.

Mamlakatimzda  o‘zbek tilini nafaqat davlat tili, balki xalqimizni jipslashtiruvchi va keng foydalanuvchi omil sifatida rivojlantirish ishlarida muammolar mavjud. Xususan, amaldagi ikki alifboda ish yuritilishi, lotin alifbosidagi bazi noqulayliklar, lotin alifbosida tayyorlangan manbalarning talab darajasida emasligi natijasida yoshlarimiz boshqa tillardagi turli manbalarga murojaat qilishiga  sabab bo‘lmoqda.

Bu omillar milliylik tuyg‘ularining zaiflashuviga olib keladi. Shuningdek, aholining o‘zbek tili bo‘yicha savodlilik darajasining susaytirmoqda. 

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalariga birdek aloqador dolzarb masalalar tilga olindi. Jumladan, Prezidentning “Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi”, degan gaplari zamirida jonajon ona tilimizga nisbatan chuqur ehtirom yotibdi. Prezidentimiz tilga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor darajasida deya ta’kidladilar. Millat o‘zining ona tili bilan millatdir. O’zbek tilining mavqeini oshirish ishlari bundan 33 yil muqaddam, 1989 yilning 21 oktyabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan boshlangan edi. Darhaqiqat, yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun” hamda “Reklama to‘g‘risidagi qonun”lar yuzasidan muhokamalarni ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki “muayyan bir tilga qarshi hujum” sifatida qasddan noto‘g‘ri talqin qilish orqali jamoatchilikni chalg‘itish va milliy nizo qo‘zg‘ashga urinish holatlari kuzatildi.

Yurtboshimiz tilga “Ma’naviyatimiz asosi” deya ta’rif berdilar. Chin ma’noda xalqimiz ma’naviyatining ifodachisi til ekanini bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topib bormoqda. Inson o‘zining ma’naviyati so‘zlagan nutqi orqali atrofdagilarga ko‘rsatadi. Prezidentning tilga bergan ta’rifi da o‘zbek tilining jamiyatimizdagi qaddini yanada yuksaltirish, bu tildagi manbalar hajmini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishiga ishonchi komil bo‘ldi.

Shoira Nasirova,

  Xalq deputatlari Karmana tumani kengashidagi

 O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1171
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+