Murojaatnoma: O’zbekiston xalqaro maydonda izchil, ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini davom ettiradi

28.12.2022, 16:04

Murojaatnoma: O’zbekiston xalqaro maydonda izchil, ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini davom ettiradi

Bugungi kunda O’zbekiston xalqaro maydonda izchil, ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini davom ettirib, jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini jadal olib bormoqda.

O’zbekiston tashqi siyosatini dunyoning 131 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatib, 32 ta davlatda elchixonalar, 14 ta shaharda bosh konsulxonalar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda doimiy vakolatxonalar faoliyat yuritayotganligida, shuningdek, mamlakatimizda 42 ta chet davlatlar elchixonalari faoliyat yuritayotganida ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu hamkorlik islohotlar bardavom bo‘lishligi Prezidentimizning Murojaatnomasida ham alohida ta’kidlandi

O’zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Jahon banki, Parlamentlararo ittifoq va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Islom taraqqiyot banki (ITB), Islom taraqqiyot banki (ITB), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT), Turkiy kengash, Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ko‘p tomonlama hamkorligi faol davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, O’zbekiston o‘z taraqqiyot bosqichida ochiq, o‘zaro hurmat, tenglik va manfaatdorlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosat olib bormoqda. Ayni shu maqsadda Konstitutsiyamizning 17-moddasiga “O’zbekiston Respublikasi do‘stona va tinchliksevar tashqi siyosatni olib boradi”, degan qo‘shimcha kiritilmoqda.

O’zbekistonning boshqa davlatlar, xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro ishonch, bir-biriga yordam, insonparvarlik, hamfikrlik va hamittifoqlikka asoslangan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Davlatimizning tinchliksevar siyosati, davlatlarning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tuzimlari va ularning rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, erkinlik, tenglik, adolat va insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, shuningdek, davlatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan.

So‘nggi yillarda O’zbekistonning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, aholining barcha muammoli masalalarni yakdillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilishi, mamlakatda mukammal huquqiy poydevorning yaratilishi, dunyo davlatlari bilan muvozanatli va pragmatik a’niy o‘zaro manfaatli aloqalar yuritilishi, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi o‘zaro hamkorlikka intilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu esa o‘zaro diplomatik aloqalarning yangi bosqichiga asos bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, tashqi siyosatni olib borishdagi asosiy e’tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarga, shuningdek, O’zbekiston atrofida tinch, barqaror hamda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilmoqda.

O’zbekiston tomonidan ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni olib borishi parlamentlararo, xalq va iqtisodiy diplomatiyasini rivojlantirishga, aholimizni boshqa xalqlar bilan tinch-totuv, do‘stona, xavfsiz sharoitda yashashlari, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlarga emin-erkin borib-kelishga, qon-qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashga, ta’lim olish, sog‘lig‘ini tiklash, ishlash, dam olish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Azamat Seitov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

mas’ul xodimi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    337
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+