Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi

28.12.2022, 16:08

Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi

Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini katta e’tibor bilan tingladim. Haqiqatdan ham, Murojaatnomada juda dolzarb masalalar ilgari surilganligi bilan ahamiyatli. Aytish joizki, bugungi kunda jamiyatning hamma sohalarida rivojlanish, yangilanish islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash o‘rinliki, yakunlanayotgan yil davomida barcha sohada jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Uzoqni ko‘zlab boshlangan islohotlar bugun o‘z samarasini bera boshladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasi kun sayin rivojlanib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Jumladan, sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi keskin oshirildi. 2022-yilning o‘zida sohaga budjetdan 24 trillion so‘m yoki 2016 yilga nisbatan 4 barobar ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari moddiy texnik bazasi mustahkamlanmoqda, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va bunday xizmatlardan foydalanish qulayligi oshib bormoqda.

Shu bilan birga, hududlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinib, bunday muassasalar uchun 20 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtati qo‘shimcha ajratilib, o‘tgan yildan boshlab har bir mahallada “xonadonbay” ishlaydigan tibbiy brigadalar tashkil yetildi, aholini 66 turdagi dori vositalari bilan bepul ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz Murojaatnomasida xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini aytib, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanishi, ajratilayotgan mablag‘lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtirilishini qayd etdi.

Kelgusi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanib, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi. Sog‘lom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o‘rgatish ishlari yo‘qligi bois, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.

Eng muhimi, kelgusi ikki yilda har bir oilaviy poliklinika va shifokor punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar to‘liq yangilanadi. Keyingi yili qo‘shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalari, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishi esa aholining uzog‘ini yaqin qilish barobarida, ularni sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishiga zamin yaratadi.

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Keyingi yillarda yurtimizda ayni maqsadga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Endilikda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshirilishi eng to‘g‘ri va oqilona qaror bo‘ldi.

Bu jarayonda barcha tug‘uruq komplekslari to‘liq ta’mirlanib, jihozlangan holda o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytirilishi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar samarasidir.

Murojaatnomada keltirilganidek, keyingi yili yurtimizda qo‘shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil yetiladi.

Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi. Barcha tug‘ruq komplekslari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi, Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlari tashkil yetiladi.

Davlatimiz rahbari aholi salomatligini saqlashda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini inobatga olgan xolda, so‘nggi yillarda qator hujjatlar qabul qilinganligiga qaramay, unga yetarli ye’tibor qaratilmagani, bugungi kunda 7 milliondan ziyod aholida surunkali kasalliklar mavjudligiga ye’tiborimizni qaratib, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishni mahalladan boshlashimiz, buni mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar faollarining mas’ulligida amalga oshirishimiz belgilandi.

Sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalarning mohiyatiga ye’tibor qaratsak, tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish, tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini yana-da yaxshilash, millat genofondini saqlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ko‘zda tutilganini anglab olamiz.

Bu vazifalarning amalga oshirilishi, albatta, sog‘liqni saqlash sohasini yangi bosqichga olib chiqishga, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish qulayliklarini yanada oshirishga, aholi salomatligini mustahkamlashga, turli kasalliklarning oldini olishga xizmat qilishi shubhasiz.

Nilufar Gaipova,

Xalq deputatlari Urganch shahar

Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi,

Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinikasi bosh shifokori

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+