Tomorqadan daromad qilish sir-asrorlari o‘rgatildi

04.01.2023, 15:10

Tomorqadan daromad qilish sir-asrorlari o‘rgatildi

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi hamda partiya Jizzax shahar Kengashi tomonidan “Sayiljoyi” MFYda istiqomat qiluvchi Xodi Po‘latova xonadonida “Namunali tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir, partiya faollari tomonidan mahalla xotin-qizlari bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi ko‘rinishlaridan biridir, desak yanglishmaymiz.

Bevosita mahallalarda istiqomat qilayotgan hamda o‘z issiqxona yoki tomorqalaridan mo‘may daromad olishni yo‘lga qo‘ygan oila a’zolarining ish tajribasi bilan tanishish, shu orqali kichik yerdan katta daromad olish sirlarini ommalashtirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyda o‘tirgan ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan bunday amaliy tadbirlarning yutuqli tomonlari ko‘p.

O'zLiDeP Jizzax shahar Kengashi xodimlari, deputatlar va shu mahallada yashovchi xotin-qizlar hamda talaba yoshlari ishtirok etgan mazkur tadbirda ham ishtirokchilar tajribali tomorqachi Xodi Po‘latovaning ish tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Tomorqachi o‘z faoliyatini qanday yo‘lga qo‘ygani, muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida so‘zlab berish bilan birga, tomorqada limon va mandarin yetishtirish sir-asrorlarini amaliy tarzda ko‘rsatib berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar. Eng muhimi bunday amaliy tadbirlar tomorqachilikni yanada keng targ‘ib qilishda, bu jarayonga xotin-qizlarni jalb qilishda alohida o‘rin tutadi.

Saida Umaraliyeva,

 O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    171
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+