O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

04.01.2023, 15:12

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining “Inson qadrini ulug‘lashi va faol mahalla yili”da partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tuman va shahar kengashi xodimlari, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda asosan partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda olib borilgan ishlar, bo‘limlar tomonidan qilingan ishlar tahlili, tayanch tuzilmalari va deputatlik guruhi faoliyati, elektorat bilan ishlashda amalga oshirilgan ishlarning yakuni va kelgusi 2023 yilda “Insonga e’tibor va  sifatli ta’lim yili”da partiya oldida turgan dolzarb vazifalar bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov ochdi va boshqarib bordi.

U o‘z so‘zida o‘tgan 2022 yilda partiya tomonidan qilingan ishlarning tahlili, amalga oshirilgan ishlar natijasi va joriy yilda qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar bu borada partiyaning siyosiy kuch sifatida ishlarini yanada jonlantirish kerakligini  ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida o‘tgan yil davomida partiya safiga 7 mingdan ziyod  a’zolar qabul qilinib, 19 ta tayanch tuzilmalari yangidan ochildi.  

Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 83 mingdan ziyod a’zolar 1 ming 36 ta boshlag‘ich tashkilotga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 3  nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 16 nafar va Xalq  deputatlari  shahar va tuman Kengashlarida 136 nafar deputatlar faoliyat olib boryapti.  Hisobot davrida partiyaning siyosiy kuch sifatida qilingan ishlar bilan bir qatorda     kamchiliklar ham tanqid qilindi. 

Ma’lumki, Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida ham an’anaga muvofiq “Inson kadrini ulug‘lash” tamoyili davomi sifatida 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlashni taklif berib, 6 ta yo‘nalishda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

 Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishi ham O’zLiDeP oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Chunki murojaatnomada  barcha sohalar singari tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish  bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, 1 yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qoladi, ilg‘or tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murchiligi isloh qilinadi. Bu kabi imkoniyatlar yurtimizda partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlarning soni oshishiga, ularning imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yig‘ilish davomida partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda, faol safdoshlarimiz safini yanada ko‘paytirish, tayanch tuzilmalari va deputatlik korpusi ishlarining, ayollar va yoshlar qanoti bo‘limlari  tomonidan  qilingan  ishlar va joriy yilda partiya oldida turgan ustuvor vazifalar borasida aniq taklif va fikrlar o‘rtaga tashlandi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+