Deputat yordamida fuqaroning uyi ta’mirlandi

04.01.2023, 15:19

Deputat yordamida fuqaroning uyi ta’mirlandi

Xalq deputatlari Kogon shahar kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nodir Amonov partiyaning shahar kengashi apparati rahbari Sunnat Avliyoqulov bilan birga “Buxoroyi sharif” mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rgandi.

Mahalla ahlining murojaatiga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalardan biri Artur Vinogradovning uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha mavjud holat atroflicha ko‘rib chiqildi. Deputatning sa’y-harakati bilan ushbu oilaning uy-joyi imkoniyat darajasida joriy ta’mirlandi.

Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra tabiiy gazdan uzilgan A.Vinogradovning xonadoni deputatning aralashuvi bilan yana tarmoqqa ulab berildi.

Joylarda deputatalarimizning aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy ishlari davom etmoqda.

Asxor ISTAMOV,

“XXI asr” muxbiri

  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+