Deputat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi

05.01.2023, 14:18

Deputat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis hamda O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida barcha sohalar bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar va ularning yangi 2023 yildagi ijrosi dastlabki kunlardanoq Parlament quyi palatasi va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.

23- Buxoro saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Madina Baratovaning Buxoro shahridagi bir qator tibbiyot muassasalarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishgani, soha xodimlari ishidagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashgani hududda aholi o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xastaliklarning oldini olishda davolash-profilaktika ishlarini Prezidentimiz ko‘rsatmalari va tavsiyalariga binoan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishi aniq.

Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi keyingi yillarda zarur diagnostik va boshqa tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi, bolalarni davolashning zamonaviy usullaridan foydalanilayotganligi, bunda xorij tajribasining ham keng qo‘llanilayotganligi o‘g‘il-qizlarda uchraydigan turli kasalliklarni samarali davolash, kichkintoylar umrini uzaytirishda, ularning vatanimiz kelajagi bunyodkorlari sifatida sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishishlarida o‘z o‘rniga ega. Bugungi kunda markaz 225 shifo o‘rniga ega bo‘lib, bu yerda 789 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat olib bormoqda.

Deputat M.Baratova, uning hududdagi yordamchisi M.Djurayeva hamda O’zLiDeP shahar Kengashi apparati rahbari N.Sa’dulloyevlar hamrohligida ushbu shifoxonaning gemotologiya va gastroentrologiya bo‘limlarida  davolanayotgan bolalar holidan xabar olib, ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Davolovchi shifokorlar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Prezidentimiz Murojaatnomasida aynan tibbiyot sohasida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshiriladigan eng muhim ishlar bevosita viloyat sog‘liqni saqlash tizimiga ham taalluqli ekanligi, bu esa o‘z navbatida viloyat pediatrlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashi alohida ta’kidlandi.  

  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+