Murojaatnoma – taraqqiyot dasturilamali

05.01.2023, 14:22

Murojaatnoma – taraqqiyot dasturilamali

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Deputatlar, partiya xodimlari va faollari ishtirok etgan anjumanda mafkuraviy ishlar bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, falsafa fanlari nomzodi Tohir Qurbonov so‘zga chiqib,  Murojaatnomada ta’kidlab  o‘tilgan ustuvor vazifalar haqida  batafsil fikr yuritdi.

-Prezidentimiz Murojaatnomasida partiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sanalgan iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilishi alohida ta’kidlab o‘tildi, - deydi O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov. –Aholi bandligi va farovonligini oshirishda  xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirilishi, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etilishi hududlar iqtisodini yuksaltirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yaqindan yordam beradi.

Yig‘ilish so‘ngida Prezidentimizning Murojaatnomasida e’tirof etilgan ustuvor vazifalarning ijrosini amalga oshirish, islohotlar bardavomligini ta’minlashda barcha deputatlar hamda partiya faollari bor kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar etishlari zarurligi alohida e’tirof etildi.

  • Ko'rildi
    178
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+