Davra suhbatida ta’lim sifatini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi
05.01.2023, 14:27

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.To‘legenova hamda O'zLiDePning viloyat, tumun, shahar deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ko‘zda tutilgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Murojaatnomada respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalariga birdek aloqador dolzarb masalalar tilga olinganligini, xususan joriy yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deya atalishi eng oliy maqsad hisoblangan insonni sharaflash, uning qadri, sha’nini oliy qadriyat bilish, orzu-niyatlarini amalga oshirish yo‘lida ta’limning ahamiyatini belgilash uchun dasturulamal bo‘lishini, eng katta investitsiyani ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratish ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Jumladan, “Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘qituvchi kasbining maqomini oshirish, pedagoglar salohiyatini ko‘tarish, pedagog va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida qator samarali ishlar olib borilmoqda”,- dedi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, O'zLiDeP Navoiy viloyati Hududiy partiya tashkiloti apparati rahbari M.Eshniyozov Murojaatnoma yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan tegishli javob oldilar.
O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Surxondaryo kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanadi
14.03.2023, 16:00
-
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – G'ayrat Abdiyev
14.03.2023, 12:14
-
Xalq orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hujjat
13.03.2023, 14:48
-
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
-
Konstitutsion islohotlar
09.03.2023, 13:55
Fikringizni qoldiring