Deputat tashabbusi bilan mahallaga yangi transformator o‘rnatib berildi

05.01.2023, 14:32

Deputat tashabbusi bilan mahallaga yangi transformator o‘rnatib berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev hamda deputat yordamchisi Abdulaziz Yo‘ldoshev Urgut tumanidagi 71-Qoratepa saylov okrugida bo‘lib, saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.

Dastlab “Dehqonobod” MFY dagi 37-umumta’lim maktabini isitish masalasi o‘rganildi. Isitish pechiga nasos olib berish masalasi tuman xalq ta’limi bo‘limiga yo‘naltirib mazkur masala  hal etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Tersak” MFY dagi fuqarolarning transformatordagi nosozlik bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganildi. Transformatordagi nosozlik tuman elektr tarmoqlari mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi.

Bundan tashqari Tersak MFY hududidan o‘tuvchi soy ustiga qurilayotgan 12 metrlik ko‘prikning qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Xo‘jayduq MFY da transformator yetishmasligi bilan bog‘liq muammo mutaxassislar bilan birga joyida o‘rganildi. Bu masala bo‘yicha Hududiy elektr tarmoqlari viloyat boshqarmasiga deputat so‘rov yuborilib, muammoni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Abdulaziz Yo‘ldoshev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+