Maktab va bog‘chalar faoliyati o‘rganildi

05.01.2023, 15:06

Maktab va bog‘chalar faoliyati o‘rganildi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida bir qator targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova uchrashuvlari davomida Buvayda tumanidagi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqot davomida deputat joriy yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishida insonni sharaflash, uning qadri, sha’nini oliy qadriyat bilish, orzu-niyatlarini amalga oshirish yo‘lida ta’limning ahamiyatini belgilash uchun dasturul amal bo‘lishi, eng katta investitsiya ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Deputat M. Ibragimova maktab va bog‘chalar faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Maktablarning issiqlik ta’minoti holati ham o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish buyicha tegishli kursatmalar berdi.

  • Ko'rildi
    587
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+