Deputatlar bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashda nazorat o‘rnatdi

06.01.2023, 16:48

Deputatlar bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashda nazorat o‘rnatdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Vaxobjon Murodqobilov hamda O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Zafar Karimov Narpay tumanidagi Alisher Navoiy, Amir Temur, Beklar mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari va keng jamoatchilikka Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.

Deputatlar tumanning Beklar mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojatlarini tinglashdi. Mazkur mahalla uchta katta qishloqdan iboratligi va mahallada uch mingdan ortiq fuqarolar istiqomat qilayotganligini inobatga olib, mahalla hududida yangi maktabgacha talim muassasasi qurish taklifi bildirildi. Deputatlar mazkur masalani mahalla faollari, sektor rahbarlari bilan o‘rganib, murojaat yechimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, deputatlar sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumandagi “Mirbozor dehqon bozori” dagi  oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati bilan tanishdilar va bozordagi mahsulotlar narx-navosining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tuman mas’ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Po‘lat Ergashev,

Oliy Majlis qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+