Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari deputatlar nazoratida

07.01.2023, 14:44

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari deputatlar nazoratida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Zarbdor tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. E’tiborli tomoni, ushbu jarayonda xalq deputatlari tuman Kengashida faoliyat olib borayotgan 11 nafar O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faol ishtirok etmoqdalar. Deputatlar boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari   bu boradagi muammolarni har tomonlama chuqur o‘rganib, o‘z xulosalarini bermoqdalar. Amalga oshirilayotgan ishlar to‘liq deputatlik nazoratiga olinmoqda.

Faol deputatlarimizdan biri Bahrom Musurmonov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari “Navoiy” MFY hududidagi Beruniy va S.Ahmad ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolarni to‘liq o‘rganib chiqdilar. O’rganishlar jarayonida  mazkur ko‘chalarga 4 km ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 2 ta suv inshoatini rekonstruksiya qilish lozimligi aniqlandi. Mazkur loyihani amalga oshirishga 1 mlrd. 12 million so‘m mablag‘ talab qilinadi.

Ayni paytda bu boradagi ishlar qizg‘in boshlab yuborildi. Demak, yaqin kunlarda mazkur ko‘chalarda istiqomat qiluvchi aholi ham to‘liq toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ish jarayoni deputatlik va jamoatchilik nazoratiga olingani esa, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati ko‘ngildagidek bo‘lishini ta’minlashi shubhasiz.

Zayniddin Eshqulov,

O’zLiDeP Jizax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+