Tadbirkorlar tinglandi

09.01.2023, 17:49

Tadbirkorlar tinglandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Baxtiboy Aldamuratov   Qorao‘zak  tumanida  o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Dastlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtboshimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilab  berilgan  ustuvor  vazifalar haqida ham batafsil ma’lumot berdi. So‘ng saylovchilarning  murojaatlariga quloq tutdi, har birini nazoratiga oldi va mutassadilarga ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tumandagi maktab va bog‘chalarni ko‘zdan kechirdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.  Bugungi kunda Qorao‘zak tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 32 ta umumta’lim maktab va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti maktabi faolit yuritmoqda.  Joriy o‘quv yili uchun kuz-qish davrida gaz bo‘lmaydigan va boisi past bo‘ladigan 21 ta umumta’lim  maktabi uchun 491 tonna ko‘mir yoqilgisi rejalashtirilgan va to‘liq yetkazib berilgan. 

Xalq vakili  Mustaqillik mahallasidagi tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan ham uchrashdi. “Abbas stroy” MChJ tomonidan tadbirkor A. Tanatarov rahbarligida   yoshlar mehnat  guzari va sport maydonchasi qurish ishlarini o‘rgandi. Quvonarlisi, ishbilarmon aholiga  xizmat ko‘rsatish orqali ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotir.

OzLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+