Deputat mahallabay yurish orqali murojaatlarni o‘rgandi

09.01.2023, 17:59

Deputat mahallabay yurish orqali murojaatlarni o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxromjon Raxmonaliyev saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida fuqarolar tomonidan kelgan murojaatlarni o‘rganishdan boshladi.

Xalq vakili Oltiariq tumanidagi “Ma’orif” MFY hududiga tashrif buyurib, fuqarolar tomonidan yangi maktab qurishni davlat dasturiga kiritish masalasida murojaat qilindi. Ushbu murojaatlar yuzasidan  o‘rganishlar olib borilib, bu bo‘yicha tegishli vazirlik va tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

Deputat Oltiariq tumani xalq qabulxonasida sayyor qabulda ishtirok yetdi. Fuqarorlar murojaatlari tinglanib ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari esa mutasaddi rahbarlar nazoratiga olindi.

Kunning ikkinchi yarmida Oltiariq tumani “Azimobod” MFY hududida joylashgan 26-maktabda Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi hamda qonunchilik palatasida qabul qilingan qonunlar, loyihalari targ‘iboti yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tumandagi barcha tashkilot raxbarlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga huquqiy tomonlama javob olishdi, fuqarolar tomonidan mazkur mahalla hududi kattaligi sababli hududni ikki qismga bo‘lish,  hozirgi kunda 26-maktabda o‘quvchilar soni ortib borayotganligi sababli maktab uchun qo‘shimcha bino qurish borasida murojaat qilindi.

Baxromjon Raxmonaliyev Bo‘rvonliq qishlog‘ida ham bo‘lib, ushbu hudduda yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyiga borib o‘rgandi. 40-oilaviy polikilinikaga tashrif buyurib, bu yerdagi dori darmonlar va sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Ko‘tarilgan barcha muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    249
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+