Qorovulbozorlik yoshlar IT- texnologiyalarini qo‘llamoqdalar
10.01.2023, 16:06

Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari kundalik hayotimizdan keng o‘rin olmoqda. Bu borada yurtimizda yoshlarning o‘z qiziqishlarini kengaytirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Qorovulbozorlik yosh tadbirkor, O‘zLiDeP a’zosi Sardor Tursunov tomonidan tumanning Imom Buxoriy MFY hududida “IT ORGANIZATSION" MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda asosan kompyuter savodxonligi va kiberxafsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Yoshlarning aksariyati IT- texnologiyalariga qiziqqanligi bois, ular bu mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishmoqda.
MChJ rahbari S.Tursunov Buxoro muxandislik-texnologiyalari instituti bitiruvchisi sifatida o‘z tanlagan sohasini mukammal o‘zlashtirib olgan yosh kadrlardandir.
O‘zLiDeP tuman Kengashi apparati rahbari Ma’ruf Axmedov hamda bir qator MFYlardagi yoshlar yetakchilari D.Tursunov va Sh.Namozovlar MChJdagi o‘quv mashg‘ulotlari borishini ko‘zdan kechirdilar. Korxona rahbari S.Tursunov bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida IT- texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar safi tumanda tobora kengayib borayotgani, korxonadagi o‘quv mashg‘ulotlari ushbu muhim jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, zotan, Vatanimiz kelajagi AKTga qiziquvchi va bu borada aniq natijaga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yoshlar qo‘lida ekanligi ta’kidlandi.
O’quv kurslarida 20 nafar yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirmoqdalar.
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring