Murojaatnoma mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

10.01.2023, 16:08

Murojaatnoma mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan Jizzax shahridagi Prezident maktabining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini  keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, partiya “Ayollar qanoti” guruhi faollari hamda keng jamaotchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Murojaatnomada respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalariga birdek aloqador dolzarb masalalar tilga olinganligini, unda belgilab berilgan ustivor maqsad va vazifalar - harakatlar dasturulamali bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Muloqot davomida, shuningdek, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilarning jamoatchilik oldidagi obro‘sini oshirish borasida ko‘plab fikr va mulohazalar, takliflar bildirib o‘tildi.   

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob olishga imkoniga ega bo‘ldilar.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”

guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+