Ustuvor vazifalar belgilab olindi

10.01.2023, 16:10

Ustuvor vazifalar belgilab olindi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat hamda Qarshi tuman kengashlari hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun - mohiyatini Qarshi tuman aholisi va partiya elektorati o‘rtasida keng targ‘ib qilish  maqsadida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Arziqul Sherov, tuman Adliya bo‘limi bosh mutaxassisi Abdimurod Jo‘rayev, tuman kengashi deputati Dilfuza Jo‘rayevalar so‘zga chiqib, Murojaatnomaning oltita ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar haqida batafsil to‘xtaldilar.

- Iqtisodiyotga bozor mexanizmlarini joriy etish, mahalliy va xorijiy investitsiyalardan foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida qilinadigan ishlar aholi bandligi va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raising mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tohir Qurbonov. - Endilikda tumanlarni toifalarga ajratilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi tadbirkorlikni rivojlantirishga yaqindan yordam beradi. Bugungi tadbirda Prezidentimiz Murojaatnomasini chuqur o‘rganish, mazmun-mohiyatini partiya elektorati o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida amaliy takliflar ishlab chiqdik.

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+