Murojaatnoma mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda

10.01.2023, 16:11

Murojaatnoma mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda

Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston  xalqiga  yo‘llagan  murojaatnomasining mazmun-mohiyati va yangi tahrirdagi “Mehnat” kodeksini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish maqsadida joylarda  uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning biri  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining  majlislar zalida  tashkil qilindi. Unda universitetning professor-o‘qituvchilari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimov murojaatnomada o‘tgan 2022 yil sarhisobi va joriy 2023 yil “Insonga e’tibor va  sifatli ta’lim yili” da  olti ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha  atroflicha tushuntirib o‘tdi. 

Murojaatnomada birinchi navbatda, e’tibor Yangi O’zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi va ӯqituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari so‘nggi yillarda oliygohlarimiz 2,5 barobar ko‘payib, 198 taga yetdi, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Kelgusi yilda oliygoh talabalari uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratiladi. Shuningdek  yangi tahrirdagi  Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati,  yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqish jarayonida 10 dan ziyod xalqaro tashkilot, shundan xalqaro mehnat tashkilotining bir qator konvensiyalari, 60 tan ziyod davlat tajribasi o‘rganilganligini qayd etdi. Bu mazmundagi  uchrashuv  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ham  davom etdi. 

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+