Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

10.01.2023, 16:13

Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “O'zLiDeP Yoshlar Minbari” telegram guruhi tashkil etilgan bo‘lib, guruhning asosiy maqsadi yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish hamda yoshlar yo‘nalishi va sohaga oid masalalarda ularning taklif va mulohazalarini olishga qaratilgan.

Bugungi kunda ushbu telegram guruhga bir qator vazirlik, idora va tashkilot vakillari hamda respublikamizdagi yoshlar a’zo bo‘lib, guruhda ko‘tarilgan muammo va masalalarga yechim topilishida ko‘maklashib kelinmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi Javlon Husanov tomonidan mazkur telegram guruhiga Guliston tumani Shodlik massiviga kirish yo‘liga o‘rnatilgan svetaoforning ishga tushmaganligi yuzasidan murojaati yo‘llangan edi.

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri J.Jalolov, viloyat Kengashi bo‘lim mudiri H.Jabborov, partiya Guliston tuman Kengashi raisi, deputat N.Husanov boshchiligida mazkur holatni o‘rganish va yechim topish maqsadida tegishli mas’ul vakillar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan edi.

O’rganish natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Guliston tumani Shodlik massiviga kirish yo‘liga svetafor o‘rnatilganiga bir necha oy bo‘lsada, lekin hali hanuzgacha ishlamasligi, bu esa aholi va yosh bolalarni ish yoki maktabga borishlarida yo‘lni kesib o‘tishga qiyinchilikka duch kelayotganligi aniqlandi.

Partiya Guliston tuman Kengashi raisi, deputat N.Husanov va Guliston tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i J.Rahimqulovlarning sa’y-harakatlari bilan murojaat ijobiy hal etilib svetafor ishga tushirildi. Svetafor ishga tushirilganidan murojaatchi va mahalliy aholi tomonidan tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Elyor JO’RAYEV

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+