O’zLiDeP hududiy kengashlardagi “Ayollar qanoti” faoliyati sarhisob qilinmoqda

10.01.2023, 16:16

O’zLiDeP hududiy kengashlardagi “Ayollar qanoti” faoliyati sarhisob qilinmoqda

Toshkent shahar, tuman Kengashlaridagi ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O’zLiDeP “Ayollar qanoti” oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati joylarda xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga e’tibor karatish zarurligi ta’kidlandi.

O’zLiDeP Toshkent  shahar  Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi hamda OzLiDeP tuman Kengashlaridagi raisning Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida yillik va birinchi chorak uchun tuzilgan ish reja loyihalariga takliflar kiritildi. 

Shuningdek yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlarni keng aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, har bir mahallada ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish, ayollarning  huquqiy, iqtisodiy va siyosiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtiroki va faolligini oshirish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirilib, amaliy takliflar ishlab chiqildi. Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham ahamiyat qaratildi. Hududlarda hurmatga sazovor bo‘lgan mahalla faollari, tadbirkor,  ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etish kabi masalalar yuzasidan ham galdagi vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+