Deputatlar ko‘magida 2 nafar ayolga tikuv mashinkalari olib berildi
11.01.2023, 16:30

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashida 14 nafar O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib boradi. Ayni paytda barcha xalq noiblari o‘zlari saylangan hududlarda ijtimoiy soha ob’ektlarini, kundalik turmushda zarur bo‘ladigan tuzilmalar faoliyatini o‘rganish bilan birgalikda, uyma-uy yurib, aholini tashvishga solayotgan muammolarni bartaraf etishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ishchi guruh sa’y-harakatlari bilan "Yangobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etilgan bo‘lsa, “Nurafshon” MFYda kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar muammolarini bartaraf etishga, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi O’g‘iloy Norboyevaga bir dona va Shabboda ko‘chasida yashovchi Surayyo Suyunovaga esa 2 dona tikuv mashinkalari olib berildi. Endilikda bu ikki tadbirkor ayol mahalladagi yana bir necha xotin-qizlarni yonlariga olib, ularning bandligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shadigan bo‘ldilar.
G’anisher Avalboyev,
O`zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi
appart rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Befarq, bee’tibor bo‘lmaylik
24.03.2023, 12:00
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
Fikringizni qoldiring