Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi, Adliya vazirligi qoshidagi Namangan yuridik texnikumi, “Ravnaq” mahalla yoshlar yetakchisi hamkorligida “Sifatli ta’lim-yosh avlod poydevori” mavzusida ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning Murojaatnomasida Yangi O’zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish, ta’limni qo‘llab-quvvatlash borasida qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Tadbirda so‘z olganlar shular xususida to‘xtalib, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalar ekanligini qayd etdilar.
Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilgani partiya zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi. Bu borada partiya ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning kasb-hunar egallashi, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga katta e’tibor qaratadi.
Konferensiya tashkilotchilari tomonidan Yaponiya hamda Finlyandiya davlatlarining ta’lim tizimini sinov tariqasida davlatimizda joriy etish maqsadida Namangan shahrida amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashishga chorladi va Yaponiya davlatidagi ta’lim tizimi yuzasidan malakali o‘qituvchi Feruza Usmonova o‘z taqdimotini o‘tkazdi.
Tadbir yakunida seminarda faol ishtirok etgan o‘qituvchilar partiyaning esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
O'xshash yangiliklar
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda
30.12.2022, 16:27
Fikringizni qoldiring