Termiz garnizonidagi harbiy xizmatchilar bilan samimiy muloqot qilindi

13.01.2023, 13:16

Termiz garnizonidagi harbiy xizmatchilar bilan samimiy muloqot qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz garnizonidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Partiya yetakchisi so‘zi avvalida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarni samimiy tabrikladi.

Muloqot davomida bugungi kunda qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, harbiy xizmatchilar uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, umuman harbiy tizimga oid qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha so‘zlab o‘tdi. Harbiy xizmatchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob ham olishdi.

Uchrashuv nihoyasida harbiy qism kutubxonasi uchun tarixiy shaxslarimizga oid badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

— Bugungi kunda biz harbiy xizmatchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgani hech kimga sir emas, — deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Xurshidjon Ismoilov. — Birgina bizning harbiy qismda xizmat vazifasini o‘tayotgan 10 nafar xizmatchi o‘tgan yili ipoteka krediti asosida yangi qurilgan zamonaviy uy-joy bilan ta’minlandi. Yana 15 nafar harbiy xizmatchilarimizning farzandlari imtiyozli kvota asosida oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lishdi.

Aktam Xaitov uchrashuvdan so‘ng, harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar uchun autsorsing tizimida ishga tushirilgan oshxona, issitish tizimi bilan ta’minlangan yotoqxona, jismoniy tayyorgarlik mashulotlarini olib borish uchun zamonaviy sport zali va o‘quv xonasi mavjud bo‘lib, madaniy hordiq chiqarishlari uchun ham sharoit yaratilganiga guvoh bo‘lindi. Yana kutubxona, ma’naviyat burchaklari ham tashkil qilingan bo‘lib, harbiy xizmatchilar u yerda kitob o‘qishlari, harbiy sohaga oid adabiyotlar, jurnal va gazeta mutolaasi bilan shug‘ullanishlari mumkin. 

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    168
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+