Qiymati 3 million AQSh dollari miqdoriga ega bo‘lgan korxona faoliyati bilan tanishildi
13.01.2023, 16:40

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz shahridagi Jo‘yjangal mahallasida joylashgan «Glass-expo» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Korxona hozirda kuniga 300-400 kvadrat metr o‘lchamdagi oynani qayta ishlab chiqarib, mahalliy bozorga chiqarmoqda. Buning uchun Xitoy, Rossiya va Italiya davlatlaridan keltirilgan uskunalar qo‘l kelmoqda.
— Qiymati 3 million AQSh dollari miqdoriga ega bo‘lgan korxona 2020 yilda ishga tushirilgan edi, — deydi MChJ rahbari Quvondiq Allakov. — Hozirgi kunda 30 nafardan ortiq ishchi mehnat qilishmoqda. Ular uchun barcha zarur sharoitlarni yaratganmiz. Kelgusida korxonaning to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun qo‘shimcha uskunalar keltirib, faoliyatini yanada kengaytirmoqchimiz.
Partiya lideri korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishar ekan tadbirkorni qiynayotgan muammolar bilan ham qiziqdi. Va bu bo‘yicha zarur tavsiyalarini berib o‘tdi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Endi mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham qo‘shilib, “mahalla yettiligi” bo‘ladi
27.09.2023, 09:57
-
Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar
26.09.2023, 09:51
-
Eng ezgu maqsadimiz oilalar mustahkamligi va ayollar huquqiy himoyasidir
21.09.2023, 10:24
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
Fikringizni qoldiring