O’zLiDeP faollari “mehr-saxovat ulashish” aksiyasida faol qatnashyapti

17.01.2023, 13:21

O’zLiDeP faollari “mehr-saxovat ulashish” aksiyasida faol  qatnashyapti

Bugungi kunlarda yurtimizda bo‘layotgan anamal sovuq sabrimizni sinovdan o‘tkazmoqda. Ayozli kunlarda o‘z postida mardonavor turib, xalqimizga xizmat qilayotgan YPX xodimlari, obodonlashtirish korxonasi ishchi-xizmatchilari tahsinga sazovor. 

O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlayotgan YPX xodimlari, yo‘llarni qor uyumlari, muzlardan tozalayotgan obodonlashtirish korxonasi ishchilari uchun tashkil etilgan “mehr saxovat ulashish” aksiyasida faol qatnashmoqdalar. Qarshi shahrida O'zLiDeP faollari tomonidan ayoz zahrini sochib turgan sovuq kunlarda o‘z xizmat vazifalarini astoydil bajarayotgan soha xodimlari va aholiga  issiq qahva ulashildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    241
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+