O‘zLiDeP deputatlari saxovat tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

17.01.2023, 13:23

O‘zLiDeP deputatlari saxovat tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbirlari davom etmoqda.

Ana shunday xayrli tadbirlardan biri Romitan tumanining “Navbahor” MFYda bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi yirik sanoat korxonalaridan biri WBM “Romitex” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, mahalliy Kengash deputati Omatjon Jo‘rabayev tashabbusi bilan milliy taom – osh damlanib, mazkur MFY hududida yashovchi ehtiyojmand oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tarqatildi. Mahalliy Kengash deputati va saxovatpesha tadbirkorlar hududdagi  har bir yordamga muhtoj fuqarolarga doimiy e’tibor qaratib, ular xonadonlariga ko‘mir va turli oziq-ovqat mahsulotlarini ham yetkazib berishda homiylik ko‘rsatib kelmoqdalar.

Ta’kidlash joizki, bugungi sinovli kunlarda aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘mak berish borasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli tadbirlar natijasida haqli ravishda xalqimizning roziligiga erishilmoqda. 

  • Ko'rildi
    135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+