Gulistonlik faollarimiz “mehr-saxovat ulashish” aksiyasida ishtirok etmoqda

17.01.2023, 13:24

Gulistonlik faollarimiz “mehr-saxovat ulashish” aksiyasida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda yurtimizda davom etayotgan qishning qirovli, ayozli kunlari xalqimiz sabr-irodasini hamda mehr-oqibatlilik fazilatlarini yana bir karra sinovdan o‘tkazmoqda. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, el xizmatiga doim kamarbasta bo‘layotgan barcha mehnatkash xalqimizga mehr ulashish maqsadida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari ham o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab keng quloch yoyib borayotgan “mehr-saxovat ulashish” aksiyasi doirasida jonbozlik ko‘rsatayotgan O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida obodonlashtirish xodimlariga issiq kofe va shirinliklar ulashishdi.

Xusanxon Jabborov

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+