Aholi murojaatlari o‘rganildi

18.01.2023, 15:59

Aholi murojaatlari o‘rganildi

Bugun mamlakatimiz hayotida xalq bilan barcha darajadagi deputatlar saylovchilar ishonchini qozonish maqsadida ularning muammolarini tinglab, baholi qudrat murojaatlarga yechim topishga harakat qilmoqdalar.

O’zLiDePdan saylangan Andijon viloyat Kengashi deputatlari ham joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi a’zosi Xafizaxon Mamarizayeva Marhamat tumanidagi  “Polvontosh”, "Konchilar" va "Markaziy" MFY aholi vakillari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Yuzma-yuz muloqot jarayonida aholi tomonidan gaz, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida muammolar borligi aniqlandi.  Ko‘tarilgan muammolar kun ichida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli  tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi va ko‘mir, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Deputatning xayrli ishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+