“Mehr-saxovat ulashish” aksiyasi keng quloch yoymoqda

18.01.2023, 16:03

“Mehr-saxovat ulashish” aksiyasi keng quloch yoymoqda

Bugungi sinovli kunlar barchani birdek sinayotgani har qadamda kuzatilyapti. Yaxshilikning parvozini yuksaklarga ko‘tarayotganlar safi kundan kun ko‘payib bormoqda. Bugun kechagidan farqli o‘laroq saxovatpeshalik, insoniylik, diyonat, oqibat singari xayrli tadbirlar eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilayotir.

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay el xizmatiga doimiy kamarbasta bo‘layotgan yo‘l patrol xizmati xodimlari, yo‘llarni qor uyumlaridan, muzlardan tozalayotgan obodonlashtirish korxonasi ishchilarining mehnatlari alohida  tahsinga sazovordir.

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi  xodimlari hamda partiya faollari tomonidan  ayni damda o‘z xizmat vazifalarini astoydil bajarayotgan soha xodimlari va aholi uchun “mehr-saxovat ulashish” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida hasharchilar, turli soha xizmatchilari va aholiga issiq qahva, choy  va yegulik ulashildi. Kunni tunga ulab mehnat qilayotgan elektr tarmoqlari korxonasi ishchi xodimlariga ham  alohida e’tibor  qaratdilar.

Partiya faollari o‘zlarining ushbu sa’y-harakatlari bilan har qanday sharoitda ham el tashvishini o‘z tashvishi deb biladigan insonlarga hamisha yordamga tayyor ekanliklarini amalda isbotlamoqdalar.

Bunday tadbirlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+