Deputat ko‘magida ehtiyojmand oilalarga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

18.01.2023, 16:08

Deputat ko‘magida ehtiyojmand oilalarga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

Ayni kunlardagi yurtimizda hukmronlik qilayotgan qish fasli,  qolaversa ob-havoning injiqligi,  qishning ayozli kunlari bugun hammani birday  shoshirib qo‘ygani bor gap. 

Ushbu sinovli kunlarda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi deputatlik guruhi a’zolari ham joylarda xayrli ishlarni olib bormoqdalar. Jumladan, partiya raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova tuman mutassadilari, sektor rahbarlari, partiya faollari va MFY raislari bilan birgalikda  o‘ziga biriktirilgan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Uchtegirmon", "Eshonobod", "Navnihol",  "Turon zamin", "Norbo‘ta", "Beshkaltak" va "Namuna" MFYlarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olib, ularga ko‘mir va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdilar.

Xalq vakilining bu kabi xayrli ishlari boshqa hududlarda davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+