Urgutda mehr va saxovat ishlari amalga oshirilmoqda
18.01.2023, 16:15

Respublika bo‘ylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli ijtimoiy soha ob’ektlari va kam ta’minlangan aholiga beg‘araz yordam ko‘rsatishda O’zLiDeP faollari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Xususan, O’zLiDeP Urgut tuman Kengashi raisi Jamshid Xaydarov rahbarligidagi "Urgut" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan O’zLiDeP faollari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlari (maktablar), kam ta’minlagan xonadonlarga hamda viloyat va tumanda tashkil qilingan shtablarga turli xildagi homiylik yordamlari ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, viloyat shtabiga 350 mln. so‘m pul mablag‘i hamda 20 ming juft issiq paypoq, tuman shtabiga 1000 kg o‘simlik yog‘i, 10 ming juft issiq paypoq, 10 tonna ko‘mir yoqilg‘isi va tumandagi 1-umumta’lim maktabiga 10 tonna ko‘mir, tumanning Quyi Guzar, Chorraha, Go‘zni mahallalaridagi kam ta’minlangan aholi xonadonlariga 10 500 kg ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi. Shuningdek, Bog‘ishamol mahallasida yashovchi 20 ta kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand aholi xonadonlarining har biriga 500 ming so‘mdan jami 10 million so‘m naqd pul ko‘rinishida tarqatildi.
Jahongir Xo‘jamqulov
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda
01.04.2023, 14:28
-
Yangilanayotgan Konstitutsiyani yangiariqlik xotin-qizlar qo‘llab quvvatlashmoqda
31.03.2023, 16:03
-
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi
31.03.2023, 16:01
-
Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas
31.03.2023, 16:00
-
Yangi O’zbekiston - suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat
31.03.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring