Deputat tashabbusi bilan maktab ta’mirlandi
18.01.2023, 16:28

Buvayda tumanidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimovaga saylovchilari murojaat etib, tumandagi 24-umumta’lim maktabini ta’mirlab berishda amaliy yordam berishini so‘rashgan edi.
- Xabaringiz bor, har oyda parlament vakillari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilarning muammolarini o‘rganishadi, - deydi deputat M. Ibragimova. - O’tgan yili Buvayda tumanidagi 24-maktab faoliyatini obdon tanishgan edim. Maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan suhbatlashar ekanman, ushbu ta’lim dargohi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi, o‘quvchilar sovuq kunlarda ancha qiynalishayotganligi borasida murojaat qilishdi. To‘g‘risi kirmagan eshigim, murojaat qilmagan tashkilotim qolmadi. Sababi, hargal saylovchilar bilan uchrashganimda shu muammo qayta-qayta takrorlanaverardi. Vanihoyat sa’y-harakatimiz zoye ketmabdi, muammo bartaraf qilindi.
Deputat Mavludaxon Ibragimova tashabbusi bilan mazkur maktabni ta’mirlash ishlari Davlat dasturiga kiritilib, hozirgi kunda maktab binosi to‘liq kapital ta’mirlandi. Ushbu jarayonda Buvayda tumani hokimligi ham o‘z tashabbuslarini ko‘rsatdi. Hamjihatlikda qilingan ezgu ishlar natijasida endilikda o‘quvchilar keng, yorug‘, issiq xonalarda ta’lim olishadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur maktab 1176 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsada, bugungi kunda 1200 o‘quvchi tahsil oladi. Maktab binosida bolalar uchun sport zallari, o‘quv mashg‘ulotlari va to‘garakxonalari ham mavjuddir. Bugungi kunda bino to‘liq ta’mirdan chiqarilib, yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Maftuna Qo‘ldoshova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi roli oshiriladi
31.03.2023, 15:57
-
Yoshlar yakdillik bilan 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ovoz beradigan bo‘ldilar
31.03.2023, 15:56
-
Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar sir saqlanadi
31.03.2023, 15:53
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish davom etmoqda
31.03.2023, 15:49
-
O’qituvchining sha’ni va qadr-qimmati har tomonlama himoyalanadi
31.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring