Qiziriqlik tikuvchidan Nukusdagi chilangargacha

19.01.2023, 11:52

Qiziriqlik tikuvchidan Nukusdagi chilangargacha

Shu loyiha orqali qator muammolar ijobiy hal etilmoqda

Yoshlar muammolariga tezkorlik bilan munosabat bildirish va imkon qadar oqilona yechim topish bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yigit-qizlar bandligini ta’minlash orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish davlat va jamoat tashkilotlarining dolzarb vazifasidir.

Yangi O’zbekistonda yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos mexanizmlari joriy etilishi bilan boshqaruvning vertikal tizimi yaratilgani natija berayotgani hech kimga sir emas. Biroq hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ham bir dunyo. Bunda mas’ul idoralar vakillarining jonbozligi har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan yoshlar muammolarini vaqtida aniqlash va ularni chuqur tahlil qilish, murojaatlarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqishga jiddiy e’tibor berilayotgani zamirida xuddi shunday maqsad mujassam. Xususan, partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zLiDeP YOSHLAR MINBARI” telegram guruhida yoshlarga oid masalalar bo‘yicha jamlanayotgan takliflar mutaxassis va ekspertlarning mulohaza chig‘irig‘idan o‘tkazilayotgani ularning ijobiy hal etilishida qo‘l kelmoqda.

Maxsus telegram kanali ochilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Lekin o‘tgan ikki oy davomida mazkur guruhga a’zo bo‘lgan ikk mingga yaqin yoshlardan jami 130 dan oshiq turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi va aksariyatiga tezkor yechim topildi.

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi Javlon Husanovning Shodlik mahallasiga kirish qismiga o‘rnatilgan svetoforning anchadan buyon ishlamasligi yuzasidan yo‘llagan murojaatini o‘rganishga partiyadan saylangan deputatlar ham yordam berdi. O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri H.Jabborov, partiyaning Guliston tuman kengashi raisi, mahalliy kengash deputati N.Husanov ushbu masalani murojaat muallifi va tegishli mas’ullar ishtirokida joyida ko‘rib chiqishdi. Ijroiya organlarini jalb qilgan holda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli svetofor ishladi.

***

Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi talaba Shahnoza Rajabova kontrakt pulini to‘lash uchun amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatini ham mutasaddilar darrov o‘rgandi. Natijada shartnoma summasining yarmi yoshlar jamg‘armasi hisobidan to‘landi.

***

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Kunchiqish mahallasidan Saida Toyloqovaning subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratish bo‘yicha qilgan murojaati O‘zLiDeP tuman kengashi apparat rahbari D.Berdiyeva hamda hokim yordamchisi hamkorligida ijobiy hal etildi. Saida bugun o‘zi istaganiday yangi tikuv mashinasida ishlayapti.

***

Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi Sh.Mamatov Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga o‘qishga qabul qilinganligi, biroq ta’lim krediti olishda muammoga duch kelayotganligini bildirgan edi. O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi va “Ipoteka bank”ning Termiz filiali xodimlarining sa’y-harakati bilan 12 million so‘mlik ta’lim kredit vaqtida ajratildi.

***

Qoraqalpog‘iston davlat universiteti fizika fakulteti talabasi Nurbatir Edilbekov darsdan bo‘sh vaqtlarida chilangarlik yo‘nalishida qo‘shimcha ta’lim olishga ko‘maklashish yuzasidan murojaat qilgandi. Ushbu murojaat ham partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ullari tomonidan qisqa muddatda ijobiy hal etildi.

Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Aslida telegram kanali ochish va navqiron avlodning takliflarini jamlashdan maqsad ham mavjud muammolarni partiyaviy yo‘l orqali o‘rganish va ularga mas’ullar e’tiborini qaratgan holda yechim topishdan ibora

Jamshid JALOLOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    140
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+