Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda

20.01.2023, 09:45

Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda

Ma’lumki, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma qaroriga asosan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasining oltita ustuvor yo‘nalishlaridagi vazifalarni amalga oshirish hamda Murojaatnoma targ‘iboti bo‘yicha alohida Ishchi guruhlar tuzilib, ularning har biri uchun o‘z yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan edi.

Shundan kelib chiqqan holda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida partiya xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, deputat yordamchilari, BPT raislari uchun Murojaatnomani chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan turkum davra suhbatlari va o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

O`zLiDeP Matbuot markazida onlayn videokonferensiya shaklida tashkil qilingan navbatdagi o‘quv seminarda partiyaning barcha hududiy Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining yordamchilari, BPT raislari va faollar ishtirok etdilar.

Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, “Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish”,  “Yangi O’zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish”, “Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati”, “Ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari”, “Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash”, “Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash”, “Ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni izchil davom ettirish, Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari va huquqiy asoslari yuzasidan partiya fraksiyasi a’zolari, Ishchi guruhlarning rahbarlari atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berishdi.

O’quv-seminarda onlayn ishtirok etgan O`zLiDeP hududiy Kengashlarining rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari hamda ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari va o‘quv-seminarlar haqida fikr va mulohazalar, xulosa va takliflar bildirilib, munozara va muhokamalarga, savol-javoblarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+