Deputatlar ta’lim maskanlarini o‘rgandi
20.01.2023, 15:55

Anomal sovuqlar asta-sekin chekina boshladi. Tez kunlarda joylardagi kasb-hunar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari yana o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarni o‘z bag‘riga qabul qilishni boshlaydi.
Shu munosabat bilan maslakdosh deputatlarimiz, mahalla faollari hamda mutaxassislardan iborat ishchi guruh a’zolari joylarda ta’lim muassasalari holatini o‘rganmoqdalar.
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Davron Soatov va G’anisher Avalboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari, tumandagi 2 – son kasb-hunar maktabi, “Nurafshon” MFY hududidagi 24 – umumta’lim maktabidagi elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, issiqlik tizimining ishlashi va shu kabi boshqa zaruriy jihatlarni o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqdalar.
Ta’kidlash lozimki, deputatlarimizning bu boradagi faolligini viloyatning barcha tumanlarida kuzatish mumkin.
Zayniddin Eshqulov,
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda
01.04.2023, 14:28
-
Yangilanayotgan Konstitutsiyani yangiariqlik xotin-qizlar qo‘llab quvvatlashmoqda
31.03.2023, 16:03
-
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi
31.03.2023, 16:01
-
Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas
31.03.2023, 16:00
-
Yangi O’zbekiston - suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat
31.03.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring