Nishonda “Issiqxona mahorat maktabi” tashkil etiladi
20.01.2023, 16:00

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Nishon tumanidagi “Janub mash’ali” MFYda joylashgan Alisher To‘ychiyevning issiqxonalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish borasidagi ishlar bilan ham tanishdi.
Tadbirkor ish faoliyatini 2010 yil boshlagan. O’shanda 4 sotix maydonda pomidor ekib, dastlabki yildayoq mo‘maygina daromad qilgan edi. Bugungi kunda bir gektarga yaqin maydondagi issiqxonalarda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, mandarin, apelsin, papaya va limon yetishtirib, nafaqat Nishon tumani, balki Qarshi shahri, Qarshi, G’uzor tumanlari aholisi dasturxonlari to‘kisligini ta’minlab kelmoqda.
Aktam Xaitov tuman sektor rahbarlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilariga tadbirkor Alisher To‘ychiyevning tajribasini ommalashtirib, tumanda “Issiqxona mahorat maktabi” yaratilishini bildirdi.
-Bugungi anomal sovuqda 40 sotix maydondagi bulg‘or qalampirini kotyolda ko‘mir yoqib, asrab qolish bu qahramonlikdir, - dedi Aktam Xaitov. – Bu tadbirkorning tajribasini butun respublika bo‘ylab ommalashtiramiz. Mahalla raisi, hokim yordamchilari mahallalarda isiqxonalarni ko‘paytirish, oilalarni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha mas’ul hisoblanishadi. Tadbirkorlar kelgusida bu yerdan pomidor, bodring, limon va boshqa sitrus mevalar ko‘chatlarini olib ketib, o‘z issiqxonalarida ekishadi.
Alisher To‘ychiyev 30 sotix maydonda 6,5 ming vedronar navli bulg‘or qalampiri ekib, 10 tonnaga yaqin mahsulot yetishtirib, 150 million so‘m sof foyda olmoqda. Pomidor va bodring ko‘chatlari yetishtirishdan 150 ming so‘m daromad kelib turibdi. Bulg‘or qalampiri ko‘chatlari avgustda ekilib, noyabr oyida terish boshlanadi. Issiqxona ikki qavat plyonka bilan qoplangan bo‘lib, ekinlar orasidan tortilgan quvurlar orqali isitilar ekan. May oyiga kelib, bulg‘or qalampir o‘rniga bodring ekiladi. Bodring 20, pomidor 50 kunda tayyor bo‘lar ekan.
O'xshash yangiliklar
-
Eng ezgu maqsadimiz oilalar mustahkamligi va ayollar huquqiy himoyasidir
21.09.2023, 10:24
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
TARIXIY ISLOHOTLAR
18.09.2023, 12:36
-
Deputat nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi
15.09.2023, 13:10
Fikringizni qoldiring