Mehr va saxovat ulashildi

20.01.2023, 16:03

Mehr va saxovat ulashildi

Ayni kunlarda O’zLiDeP Xorazm viloya Kengashi tomonidan yurtimizda yoqqan qalin qor va anomal sovuq kuzatilayotgan bir vaqtda mavjud keskinlikni biroz bo‘lsa-da yumshatish, sovuqda ko‘chada mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarimizga o‘zaro mehr va iliqlik ulashish maqsadida yana bir xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Partiya viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayev homiyligida osh damlanib,  Urganch shahar Obodonlashtirish bo‘limi ishchi-xodimlariga osh va qaynoq kofe tarqatildi.

O’ylaymizki, bugungi kunda ham davom etayotgan partiyaning ushbu ezgu tashabbusi oz bo‘lsa-da fuqarolarimizni ko‘nglini ko‘tarib, mavjud mavsumiy qiyinchiliklardan betalofat o‘tishlariga sabab bo‘ladi.

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+