Deputatlar sayyor qabulida 8 ta murojaat joyida hal qilindi
23.01.2023, 14:11

Deputat xalq vakilidir, u xalq va saylovchilar manfaatini ko‘zlaydigan, haqiqatan ham xalq dardi bilan yashaydigan inson. Zotan, deputat har doim xalq bilan bo‘lishi, hamnafas faoliyat yuritishi lozim.
Xalq deputatlari Samarqand tumanidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi raisi, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Umarov Samarqand tumanidagi “Andijoni” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda saylovchilar mahalladagi mavjud kamchiliklar – ichimlik suvi, tomorqa uchun suv ta’minoti, ichki yullar, gaz, elektr energiyasi singari masalalarda o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Sayyor qabulda aholi tomonidan 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 8 ta murojaat mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etildi.
Shuningdek mahalladagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi isitish tizimini yaxshilash va olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘z nazoratiga oldi.
Tadbir davomida deputat hamda mas’ullar ishtirokida murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolar o‘rganilishi belgilanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqariladigan bo‘ldi.
Manuchehr Sobirov,
O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi raisining
birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring